Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rahmon Putinni Tojikistonga taklif qildi, lekin bir muammo bor...

Rahmon Putinni Tojikistonga taklif qildi, lekin bir muammo bor...

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bugun Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Rahmon Putinni o‘z mamlakatiga rasmiy tashrif bilan taklif qildi.

Rossiya prezidenti esa Tojikiston rahbarini III darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirladi.

Lekin xalqaro qonunlarga ko‘ra, Putin Dushanbega borsa hibsga olinishi kerak. Tojikiston Putinni qamoqqa olishga ruxsat bergan Xalqaro jinoiy sud (Rim statusi)ni ratifikatsiya qilgan. 

Avvalroq ushbu hujjatni Armaniston ham ratifikatsiya qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Gaagadagi xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olish haqida 2023 yil mart oyida order bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring