Rafah aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha harakatlar boshlandi
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi Rafah shahri aholisini hududni tark etib, «kengaytirilgan gumanitar hudud»ga o‘tishga chaqirdi. Ma’lum qilinishicha, Rafah aholisi arab tilidagi plakatlar, SMS, qo‘ng‘iroqlar va OAVda murojaatlar orqali xabardor qilinyapti.
«Bugun ertalab biz sharqiy Rafah aholisini vaqtincha evakuatsiya qilish bo‘yicha cheklangan doiradagi operatsiyani boshladik», – deydi Isroil mudofaa kuchlari vakili.
Isroil tomonining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 100 ming kishi evakuatsiya qilinishi kerak.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant ayni paytda Pentagon rahbari Lloyd Ostinga Isroilning Rafahga hujum boshlashdan boshqa chorasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Galantning iddaosiga ko‘ra, HAMAS harbiylari Rafahdan Isroil armiyasi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter