Quddus markazida ikkita portlash sodir bo‘ldi
Bugun erta tongda Quddusda markaziy avtovokzalida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Taxminan terakt Quddusga kiraverishda sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida o‘n kishi jabrlangan.
Quddusdagi avtovokzaldagi portlashdan ko‘p o‘tmay, yaqin atrofdagi avtobusda portlash sodir bo‘lgan.
Portlashlar sabablari hozircha aniqlanmagan, biroq Isroil politsiyasi markaziy avtovokzal yaqinidagi portlashga avtobus yonidagi qopga o‘rnatilgan bomba sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Qurbonlar haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter