Qozog‘istonlikning uyidan pul va 30 nafar o‘zbekistonlik topildi (video)
Turkiston viloyati IIB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Sariog‘osh viloyatida noqonuniy migratsiyani tashkil qilish bilan shug‘ullangan shaxslarning faoliyatini fosh qildi, deb xabar bermoqda «Zakon.kz».
«Olib borilgan tezkor-qidiruv va maxsus tadbirlar davomida ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga davlat chegarasi orqali noqonuniy kirish va chiqish bo‘yicha pul evaziga xizmat ko‘rsatgan mahalliy fuqaro aniqlandi», deydi Turkiston viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qurmanbek Saxov.
Qayd etilishicha, tezkor xodimlar chegaradan to‘siqsiz o‘tkazish evaziga 130 ming tenge miqdorida pul olgan vaqtda Sariog‘ash tumanida yashovchi fuqaroni qo‘lga olgan.
Tintuv chog‘ida gumonlanuvchidan 2,5 million tengega yaqin pul, 2 nafar xorij fuqarosining telefonlari va hujjatlari olib qo‘yilgan.
Bundan tashqari, militsiya xodimlari uning vaqtinchalik kulbasini ko‘zdan kechirish chog‘ida 30 nafar O‘zbekiston fuqarosining mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganligi aniqlangan. Hibsga olingan shaxs ularga O‘zbekistonga to‘siqsiz borishini kafolatlagan.
Hozirda ushbu fakt bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Barcha holatlarga oydinlik kiritilmoqda.
Avvalroq Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar qullikda saqlangani holati aniqlangandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan rasmiy bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter