Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi konda fojia yuz berdi

Qozog‘istondagi konda fojia yuz berdi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi «Abayskaya» konida metan gazi chiqishi natijasida olti nafar konchi halok bo‘ldi, ikki nafari jarohat oldi.

Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib TASS ma’lum qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan 09:30da sodir bo‘lgan.

«Qarag‘andi viloyati FVV boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga «Abayskaya» konida K10 ventilyasiyasi chog‘ida metan gazi chiqqani haqida ma’lumot kelib tushdi, uning ichida sakkiz nafar ishchi borligi taxmin qilinmoqda», — deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida olti nafar konchi halok bo‘lgan, yana ikki nafari tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Qozog‘istonda harbiy ombor portlashi natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring