Qozog‘istonda parranda grippi tarqaldi
Qozog‘istonda fermerlar parrandalarning ommaviy qirilishidan xavotirga tushib qolishdi. Gripp mamlakatning to‘qqizta hududida yarim milliondan ortiq qushlarni halok qildi. Ko‘pgina aholi turar joylari parranda karantiniga yopilishdi, deya xabar berdi «MIR 24».
Parranda grippi mamlakatning to‘qqizta hududida yarim milliondan ortiq qushlarga qiron keltirdi.
«Qishloq xo‘jaligi vazirligi 31 qishloq okrugi hududida karantin joriy qildi. Majburiy emlash ishlari olib borilmoqda. Respublika rezervidan 2300 dan ortiq doza vaksina ajratilgan. Qo‘shimcha ravishda 699 doza vaksina xarid qilindi. Ularni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olyapmiz. Qo‘shimcha vaksina kelishini kutyapmiz», — dedi Veterinariya nazorati va kuzatuvi qo‘mita raisi o‘rinbosari Tursin Kabduldanov.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya tarqalishiga qushlarning migratsiyasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozir ular shimoldan janubga tomon uchmoqda. Yovvoyi fauna vakillari ko‘pincha uy parrandalari uchun xavfli bo‘lgan mikroorganizmlar tashuvchisi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter