Qozog‘istonda Birinchi Prezident kuni davlat bayrami maqomidan mahrum qilinishi mumkin
Qozog‘istonda Birinchi Prezident kuni davlat bayrami maqomidan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda Tengrinews nashri ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, tegishli norma parlament majlisida bugun, 7-sentyabr kuni ko‘rib chiqiladigan «Qozog‘iston Respublikasining kinematografiya va madaniyat masalalariga oid ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga kiritilgan.
«1-dekabr – Birinchi Prezident kuni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa muhim kunlar – Davlat ramzlari kuni, Shukronalik kuni va boshqalar kabi davlat bayrami maqomidan olib tashlanadi”, – deyiladi Majilisning tegishli qo‘mitasi xulosasida.
Eslatib o‘tamiz, 1-dekabrni davlat bayrami — Birinchi Prezident kuni sifatida belgilash to‘g‘risidagi qonun 2011-yil 10-dekabrda qabul qilingan edi.
Mazkur qonun loyihasida, shuningdek, Respublika kuni (25-oktyabr) yana umumxalq bayramiga aylanishi belgilab qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter