Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 3,5 ming kishi noqulay sharoitda qolib ketdi

Qozog‘istonda 3,5 ming kishi noqulay sharoitda qolib ketdi

31 dekabr kuni ertalab soat 7:00 holatiga ko‘ra, ob-havo sharoiti tufayli Qarag‘anda viloyati yo‘llarida 1359 ta avtomobil qor bo‘ronida qolib ketgan. Ularda 3459 kishi, jumladan 129 nafar bola noqulay sharoitda qolgan.

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Olmaota-Yekaterinburg trassasida 1150 ta avtomobil to‘planib qolgan, ularda 3 mingdan ortiq odam, jumladan, yuzdan ortig‘i bolalar bo‘lgan.

Kechasi Bo‘takara-Bayanaul, Bo‘takara-Qarkalinsk avtomobil yo‘lidan 110 kishi, jumladan, 7 nafar bola evakuatsiya qilingan.

«Ular issiq xonalarga joylashtirilib, issiq ovqatlar tashkil etildi. Politsiya odamlarni qor tirbandligidan qutqarish ishlarini davom ettirmoqda», deb yozadi IIV.

Ikki kun ichida politsiya 17 mingga yaqin transport vositasini eng yaqin aholi punktlariga kuzatib qo‘ygan.

Qarag‘anda viloyati aholisi va mehmonlaridan ob-havo sharoiti va transport vositalari harakati cheklovlari to‘g‘risida SMS-xabarlarga e’tibor berishlari hamda uzoq safarlardan voz kechishlari va aholi punktlaridan tashqariga chiqmasliklari so‘ralgan.

Ostona aeroportida 31 dekabrga belgilangan 10 ta reys bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring