Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston «yoshi» 7 yildan katta bo‘lgan avtomobillar importini cheklamoqchi

Qozog‘iston «yoshi» 7 yildan katta bo‘lgan avtomobillar importini cheklamoqchi

Qozog‘iston ishlab chiqarilganiga yetti yildan oshgan avtomobillarni import qilishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sanoat va qurilish vazirligi integratsiya va xalqaro hamkorlik departamenti direktori Adilbek Bektibayev ma’lum qildi.

Ayni paytda ushbu masala muhokama bosqichida bo‘lib, Qozog‘iston Sanoat vazirligi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishiga taklif kiritishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, 2023-yilda Qozog‘istonda YeOIIning boshqa davlatlaridan kelgan transport vositalarining 330 mingtasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ularning o‘rtacha yoshi 17 yosh. Hukumat aynan shunga qarshi kurashmoqchi.

«Ishchi guruh ishtirokchilari mamlakatga 7 yildan ortiq eskirgan avtotransport vositalarini olib kirishni cheklashni taklif qilishdi.

Biz ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz va uni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz. Agar barcha besh a’zo davlat rozi bo‘lsa, texnik reglamentga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi», – deydi Bektibayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring