Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston rus oligarxiga tegishli bo‘lgan kanalni blokladi

Qozog‘iston rus oligarxiga tegishli bo‘lgan kanalni blokladi

Qozog‘iston oligarx Konstantin Malofeyevga tegishli Rossiyaning «Sargrad» targ‘ibot telekanalini blokladi. Bu haqda respublika Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Sargrad» telekanali sayti ekstremizm targ‘ibotini o‘z ichiga olgan materiallarni chop etgani uchun bloklangan.

Qozog‘iston davlat idorasi «Sargrad»ga to‘rtta ogohlantirish yuborgan. Agar qoidabuzarliklar bartaraf etilsa, saytga kirish imkoni tiklanishi ma’lum qilingan.

Sayt asoschisi Konstantin Malofeyev o‘zining Telegram kanalida uzun post e’lon qildi va u kanal «ruslarni himoya qilgani uchun» bloklanganini da’vo qilgan.

Shuningdek, u Qozog‘istonni Rossiya imperiyasining «sobiq viloyati» deb atagan.

Ma’lumot o‘rnida, Konstantin Malofeyev Rossiya Federatsiyasi FSBsi bilan aloqasi bo‘lgan pravoslav oligarx sifatida tanilgan. U ham Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa mamlakatlarning sanksiyalangan odamlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Bundan tashqari, oligarx Ukraina hududida noqonuniy qurolli guruhlarni moliyalashda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring