Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston rus neftini O‘zbekistonga yetkazish tariflarini oshiryapti

Qozog‘iston rus neftini O‘zbekistonga yetkazish tariflarini oshiryapti

Qozog‘istonning «KazTransOil» kompaniyasi 2024-yil 1-yanvardan boshlab «Tuymazi – Omsk – Novosibirsk-2» (TON-2) neft quvuri orqali neft tranziti uchun tarifni oshiradi.

Unga ko‘ra, kelgusi yildan magistral tarmoqning Qozog‘iston qismi orqali 1 tonna neft tranziti uchun narx 2,1 dollarni (QQSsiz) tashkil qiladi.

Yangi tarif «KazTransOil» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Aniqlik kiritilishicha, 2018-yil 1-apreldan boshlab amal qilib kelayotgan tarif bo‘yicha Qozog‘iston orqali neft tranziti 1 tonna uchun 1,73 dollarni (QQSsiz) tashkil etadi.

TON-2 magistral neft quvuri Qozog‘iston va Rossiya hududidan o‘tadi. Mazkur neft quvurining 186,25 km uzunlikdagi Qozog‘iston qismi Pavlodar neft-kimyo zavodiga neft yetkazib beradi, shuningdek, Rossiya neftini Xitoy va O‘zbekistonga tranzit qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring