Qozog‘iston 54 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejimni cheklab qo‘ydi
Qozog‘iston hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida 54 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz kirish rejimni to‘xtatib turishni joriy yil oxirigacha uzaytirdi. Tegishli bayonot respublika Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida e’lon qilindi.
Dastlab farmonga asosan 57 mamlakat fuqarolariga ta’qiq qo‘yilgan edi. Ammo joriy farmon 1 maydan boshlab o‘z amalini to‘xtatgandi. Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Janubiy Koreyani chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Qozog‘iston hali ham quyidagi mamlakatlar uchun yopiq bo‘lib qolmoqda. Bular Avstraliya, AQSh, Avstriya, Bahrayn, Belgiya, Bolgariya, Vatikan, Vetnam, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Indoneziya, Italiya, Kanada, Qatar, Kolumbiya, Quvayt, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Vengriya, Malayziya, Meksika, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Ummon, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Tailand, Buyuk Britaniya, Filippin, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Chili, Shveysariya, Shvetsiya, Estoniya, shuningdek, Kipr va Malta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter