Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni davlat rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Qo‘shni davlat rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Foto: «Elgezit.kg»

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 23-iyul, juma kuni koronavirus infeksiyasining yangi turiga (COVID-19) qarshi emlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari va uning o‘g‘li vaksinaning birinchi komponentini poytaxtdagi ko‘chma emlash markazlaridan birida qabul qilishdi.

Sadir Japarovga vaksinatsiya pasporti berildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, emlash ixtiyoriydir va hech kim hech kimni emlashga majburlashga haqli emas.

Sadir Japarovning aytishicha, Qirg‘iziston budjet mablag‘lari hisobiga 1,1 million doza «Sinopharm» vaksinasini sotib olgan.

Bundan tashqari, 120 ming doza Rossiya vaksinasi sotib olindi, 10 ming dozasi esa bepul taqdim etilgan.

Davlat rahbari yaqin kelajakda 1 million 250 ming doza qo‘shimcha «Sinopharm» vaksinasi sotib olinishini ta’kidladi.

Prezident Sadir Japarov yana bir bor fuqarolarni o‘z yaqinlari va butun jamiyat sog‘lig‘ini himoya qilish uchun emlashga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring