Qorsiz qish qanday oqibatlarga olib keladi?
Qorsiz qish yozda hosilning kamayishiga, oziq-ovqat zanjirida chivin va boshqa muhim hasharotlarning qirilib ketishiga olib kelishi mumkim, deydi Janubiy Kareliya allergiya va atrof-muhit instituti moliyaviy direktori Kimmo Saarinen. Bu haqda «YLE» nashri ma’lum qildi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, chivinlar bahorda qor erishi natijasida hosil bo‘ladigan ko‘lmaklarda ko‘payadi. Qor yetishmaganda bu hasharotlar ko‘payishi uchun qulay sharoit yuzaga kelmaydi. Bu esa o‘z navbatida mayda hasharotlar bilan oziqlanuvchi qushlarning oziqlanishida muammolarni keltirib chiqaradi.
Saarinenning ta’kidlashiga ko‘ra, qor yog‘masligi, shuningdek, ayrim ekinlar hosilining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Chunki qor qoplamasi tuproq uchun namlik mabai bo‘lib xizmat qiladi va kuzgi ekinlarni shamol va sovuqdan asraydi.
Olimning fikricha, qor yog‘masligiga qaramay, iqlim keskin o‘zgarishidan xavotirlanmaslik kerak. Biroq u qorsiz qish birorta jonzotning foydasiga xizmat qilmasligidan ogohlantirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter