«Qora ro‘yxat»dagi Ramzan Qodirov Pompeoga qarshi cheklovlar kiritdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga qarshi «uning barcha hisoblarini bloklovchi» sanksiyalar kiritdi. Bu haqda «Grozniy TV» telekanali xabar bergan.
Qodirov ilgari Pompeoni Chechenistonni taklif qilganini esladi, ammo hozir rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u endi bunga haqli emas.
«Mana shu, men taklifnomani bekor qilaman va uning respublikadagi hisoblari berkitilishini e’lon qilaman», - dedi Qodirov hukumat a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda.
Shuningdek, Qodirov yana bir jiddiy ayblov bilan chiqqan: Jorj Floydning o‘limi va AQShdagi muammolar Trampni ikkinchi muddatga saylash uchun uyushtirilayotgan harakatlardir.
Biz bundan avvalroq, Checheniston rahbari va uning oila a’zolarining «qora ro‘yxat»ga kiritilgani haqida xabar bergan edik. Qodirov bunga javoban Vashington nima uchun «hech qachon siyosatga aralashmagan» qizlari va turmush o‘rtog‘ini kiritganini tushunmaganligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter