Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li vazir bo‘ldi va orden bilan taqdirlandi
18 yoshli Axmat Qodirov Checheniston yoshlar ishlari vaziri bo‘ldi va respublikaning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlandi, dedi mamlakat parlamenti spikeri Daudov.
Daudovning qayd etishicha, bungacha kichik Qodirov «Birinchi harakat» bolalar va yoshlar harakatining Chechenistondagi hududiy bo‘limi kengashi raisi, shuningdek, respublika Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U oxirgi lavozimga o‘tgan yilning noyabr oyida tayinlangan edi.
2023 yilning noyabrida Axmat Qodirov va uning ukalari Adam va Eli Checheniston parlamentining eng yuqori ordenlarini olishdi.
Respublika rahbarining boshqa farzandlari ham rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda: uning qizi Xadijat Qodirova fevral oyida Checheniston ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi, yana bir qizi Ayshat esa Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab kelmoqda.
16 yoshli Adam Qodirov esa Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi Shayx Mansur bataloni kuratori hisoblanadi va u «Checheniston Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter