Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qodirov to‘ng‘ich qizini katta unvon bilan ham siyladi

Qodirov to‘ng‘ich qizini katta unvon bilan ham siyladi

Checheniston rahbarining to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova «Checheniston xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi uning otasi Ramzan Qodirov o‘zining telegram-kanalida.

Avvalroq u qizining nomzodini ijtimoiy blok bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullaganini ma’lum qilgandi.

«Ayshat Qodirova ikkinchi darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirladim. Shuningdek, u «Checheniston Respublikasi xalq artisti» unvoni bilan ham taqdirlandi» — deb yozadi Qodirov.

Ayshat Qodirova 1998 yil 31 dekabrda Checheniston Respublikasida tug‘ilgan. U Chechen davlat universitetini tamomlagan va 2016 yildan beri Firdaws modalar uyining direktori. 2020 yilda u Checheniston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, 2021 yilda esa vazir lavozimiga tayinlangan.

Bugundan esa Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring