Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qodirov tartibsizlik uyushtirganlarni peshonasiga o‘q uzishni buyurdi

Qodirov tartibsizlik uyushtirganlarni peshonasiga o‘q uzishni buyurdi

Foto: TASS

Agar kimdir Chechenistonda tartibsizlik uyushtira boshlasa, uni qamoqqa olish kerak yoki havoga uchta o‘q otish kerak, «to‘rtinchisi esa peshonaga», dedi respublika rahbari Ramzan Qodirov yig‘ilishda. Uning so‘zlarini «Chechnya Segodnya» nashri keltirmoqda.

«Agar bizda ruxsat etilmagan tartibsizliklarga boradigan bitta odam bo‘lsa, uni ushlab, qamab qo‘ying. Yoki havoda uchta ogohlantiruvchi o‘q otish va shundan so‘ng, agar odam qonunga rioya qilmasa, peshonasiga to‘rtinchi o‘qni otish. Ular boshqa chiqmaydi», — dedi Qodirov. U bu uning buyrug‘i ekanligini ta’kidladi.

Qodirovning qayd etishicha, Dog‘istonda tartibsizlik qilganlar o‘z aeroportlarini vayron qilgan va «o‘zlariga zarar yetkazgan». U yoshlarga bunday harakatlar qilishdan oldin «kattalari bilan maslahatlashishni» uqtirdi.

«Agar shunday g‘ayrat va dushman bilan kurashish istagi bo‘lsa, men buni faqat mamnuniyat bilan qabul qilaman! Lekin uni boshqa yo‘nalishga — Ukrainaga yo‘naltirish kerak. Bular u yerdagi o‘sha kuchlar, falastinliklarning o‘ldirilishini qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy satanistlar, fashistlar va Iblisning xizmatkorlari», — deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.

Estalib o‘tamiz, 29 oktyabr oqshomida Tel-Avivdan uchgan samolyot kelishidan oldin Mahachqal’a aeroportiga olomon bostirib kirgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 80 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring