Qodirov Parijda odamlarga hujum qilgan chechenistonlik masalasida Fransiya jamiyatini aybladi
Fransiya poytaxti Parij shahrida asli chechenistonlik bo‘lgan 21 yashar Hamzat Azimovning qurolli hujumi natijasida bir kishi halok bo‘lgani va to‘rt kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.
Ma’lumki, Azimov 2010-yildan Fransiya fuqarosi sanaladi. Qodirovning fikricha, jinoyatchining mazkur ishida bevosita fransuz jamiyati aybdor. Chunki uning dunyoqarashi aynan ana shu jamiyatda shakllangan. Azimov 14 yoshida Rossiya pasportini olgan, ammo ko‘p o‘tmay fransuz fuqaroligini olgach, bu hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan. Shuningdek, Qodirov Azimovning Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqalari bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan va bu shubhalarni keltirib chiqarmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter