Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistondan 50 ta avtobus sotib oldi

Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistondan 50 ta avtobus sotib oldi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga O‘zbekistondan 50 ta yangi SAZ-HC40 shahar avtobuslari yetkazib berildi. Ular O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida xarid qilingan.

Bu haqda Sputnik nashri ma’lum qildi.

«Bu avtobuslar kam yonilg‘i sarfi, oddiy texnik ko‘rsatkichlari va hamyonbop narxi (37 ming dollar) tufayli shahar sharoitiga juda mos keladi. Ular eng muhtoj mahallalarda 4 ta yangi liniyada harakatlanadi», – deya ma’lum qilgan O‘sh shahri meri Almaz Mambetov.

Ma’lumot uchun, mazkur avtobuslar Samarqanddagi avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, har bir avtobus 16 o‘rindiqqa ega va 38 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring