Qirg‘iziston maktablari 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tkazilmoqda
Qirg‘izistonda maktablarni bosqichma-bosqich 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tkazish boshlanmoqda. Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar mahkamasi «O‘rta umumiy ta’lim tuzilmasini modernizatsiya qilish to‘g‘risida»gi buyruqni tasdiqladi, deb xabar berdi Kazinform agentligi.
QR Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining xabar berishicha, jahon hamjamiyatida qabul qilingan ta’lim tendensiyalarini joriy etish va umumiy maktab ta’limi tizimida ta’lim muddatini o‘zgartirish orqali o‘quvchilarning funksional savodxonligi va ular uchun kompetensiyalarni oshirish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi.
12 yillik ta’limga o‘tishda majburiy maktab ta’limi bilan 5-6 yoshli bolalar 100 foiz qamrab olinadi. Maktabgacha ta’lim dasturida qatnashayotgan o‘qituvchilar, 12 yillik ta’limga o‘tilganida, maxsus malaka oshirish kurslarida o‘qib, 1-sinflarda pedagoglik faoliyatlarini davom ettiradilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter