Qirg‘iziston madaniyat vazirligi TikTok’ni bloklashga qaror qildi
Qirg‘iziston madaniyat vazirligi mashhur TikTok ijtimoiy tarmog‘ini blok qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«Ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, o‘tkazilgan monitoring asosida madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi Qirg‘iziston respublikasi hududida TikTok xizmatini tarqatish faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi», — deyiladi xabarda.
Mazkur qaror qonun hujjatlari doirasida kelgusida amalga oshirish uchun Qirg‘iziston raqamli rivojlanish vazirligiga yuborilgan.
Madaniyat vazirligi bunday qadamga sabab sifatida mazkur ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan materiallarning bolalarning psixologik rivojlanishi va salomatligiga salbiy ta’siri bo‘yicha takroriy murojaatlarni ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter