Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qimor o‘yinlari qiroli 18 yilga qamaldi

Qimor o‘yinlari qiroli 18 yilga qamaldi

2021-yilda hibsga olinguniga qadar, Elvin Chao Makao yulduzi edi.

Foto: Zerkalo.io

Makaodagi qimor o‘yinlari qiroli Elvin Chao 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy qimor o‘yinlari — yuzlab ayblovlar ilgari surildi. Biroq 105 mlrd AQSh dollariga teng mablag‘ni noqonuniy qimor o‘yinlariga tikishni tashkil etgani «qirol»ning eng katta aybi edi.

Chao bironta ayblovni bo‘yniga olmadi.

Ma’lumot uchun: Makao Portugaliyaning sobiq mustamlakasi bo‘lib, Xitoyda qimor o‘yinlari ruxsat etilgan yagona shahar.

Chao pullar daryo bo‘lib oquvchi, kazinolar mavzularidagi kinolardagi qahramonlarni eslatadi: did bilan kiyinar, oftobda toblangan, sochlari hafsala bilan ortga taralgan. Uning suratlari xitoy tilidagi ko‘plab tabloidlarning birinchi sahifalarini doim bezab kelgan.

Janrdagi barcha «kinoqahramonlar» kabi uning uchun eng muhimi — pullar, juda ko‘p pullar edi. U asos solgan va rahbarlik qilgan Suncity Group korporatsiyasi faqat o‘ta boy mijozlar uchun qimor o‘yinlarini tashkillashtirib kelgan.

Kompaniya butun Xitoydan boylarni Makaoga jalb etishdan tashqari, ularga katta miqdorda qarz berish (sudxo‘rlik) bilan shug‘ullangan, qimorxonalarga mijozlardan pullarni undirishda ko‘mak ko‘rsatgan.

Prokuratura Chaoni mijozlarni deklaratsiyalanmagan (shu bois noqonuniy) pul tikishga rag‘batlantiruvchi jinoiy sindikat tuzish va unga rahbarlik qilishda aybladi. Oqibatda birgina Xitoy hukumati to‘lanmagan soliqlar ko‘rinishida 1 mlrd AQSh dollaridan ko‘proq zarar ko‘rgani aytilmoqda.

«Qimor qiroli»ning ishi ko‘rilgan sud Chao hamda uning 20 ga yaqin sherigini deyarli barcha ilgari surilgan da’volarda (pullarni yuvishdan tashqari) aybdor deb topdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring