Qidiruvdagi o‘g‘ri 50 yildan so‘ng topildi, lekin javobgarlikka tortilmadi
AQSh sud ijrochilari xizmati 50 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, Amerikada eng ko‘p muddatda qidiruvda bo‘lgan qochoqlardan biri hisoblangan shaxsni aniqladi. Tegishli ma’lumotlar xizmatning rasmiy veb-saytida joylashgan.
Teodor Konrad 1969-yilda o‘zi ishlagan bankdan 215 ming dollar (hozirgi kurs bo‘yicha 1,6 million dollar) o‘g‘irlagan. U bankdan katta miqdordagi pulni qog‘oz qopda olib chiqib ketadi. O‘g‘irlik haqida esa oradan bir necha kun o‘tgach ma’lum bo‘lgan.
50 yildan ortiq vaqt davomida Konrad huquq-tartibot idoralaridan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
1970-yildan beri Konrad, Tomas Rendall nomi bilan Boston chekkasida yashirinib yurgan. Jinoyatchining izlarini Konradning yangi familiya bilan tuzayotgan hujjatlarni tekshirish davomida topilgan.
Jinoyatchini javobgarlikka tortish ish bermadi: 2021-yilning may oyida erkak saraton kasalligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter