Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qattol-tog‘»: alpinistlar birinchi marta Chogorini qishda zabt etishdi (foto)

«Qattol-tog‘»: alpinistlar birinchi marta Chogorini qishda zabt etishdi (foto)

Foto: «Instagram»

Chiroyli, shu bilan birga, o‘ta xavfli Chogori tog‘ini zabt etish har bir alpinistning orzusi. Ammo bu o‘ta mashaqqatli va xavfli, ayniqsa, qishda — hali hech birovga bu faslda Chogorining tepasiga chiqish nasib etmagan.

Nihoyat, bu vazifa uddalandi, odatda xorijlik alpinistlarga hamrohlik qilishiga o‘rganib qolganimiz — nepallik ekstremallarning o‘zidan ortmadi bu ish.

Chogori — balandligi 8 ming metrdan oshuvchi cho‘qqilar orasida qishda zabt etilmagan yagonasi edi. Bunga sabab o‘ta noqulay ob-havo. Balandligi bo‘yicha dunyoda faqat Everest (Jomolungma)dan keyinda tursa-da (8 611 metr), bu cho‘qqiga ko‘tarilish hammasidan qiyin.

Juda ko‘plar Chogorini zabt etaman deb jonidan kechgan — «qattol tog‘» deyishlari shundan. Ko‘p uzoqqa bormaylik, shu oyning o‘zida ispaniyalik 49 yoshli alpinist Chogorini ishg‘ol qilish yo‘lida halok bo‘ldi. Holbuki, oxirgi 2 yilda u 7 ta cho‘qqini bo‘ysundirgandi.

Tavvakalga qo‘l urib, qish chillasida Chogoriga otlangan nepallik alpinistlar jamoasi esa o‘z nomini tarixga yozdi. Cho‘qqi zabt etilganini isbotlovchi fotosurat «Instagram»da joylandi. Aytilishicha, o‘ta uyushqoq jamoaviy mehnat va ko‘tarinki kayfiyat g‘alaba cho‘qqisiga eltdi. Ko‘pchilikdan «hatto Chogori ham qochib qutulmaydi» — birlashganda gap ko‘p.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring