Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kilimanjaroga qaytish. 89 yoshli ayol Afrikaning eng baland nuqtasini zabt etdi

Kilimanjaroga qaytish. 89 yoshli ayol Afrikaning eng baland nuqtasini zabt etdi

Foto: «YouTube»

Amerikalik Enn Lorimor 89 yoshida Afrikadagi eng baland vulqonli tog‘ — Kilimanjaroni zabt etib, rekord o‘rnatdi.

«Shunday vaziyat ham bo‘ldiki, chiqmasimdan oldin qulab tushaman, degan xayolga bordim. Biqinimda qattiq og‘riq turib, nafas olishga qiynaldim», — onaxonning so‘zlaridan «AVS» telekanali iqtibos keltirdi.

Kilimanjaro cho‘qqisi. Foto: «The Citizen»

Ammo yakunda hammasi yaxshilik bilan tugadi. Enn Lorimor to‘qqiz kun deganda bu vazifani uddaladi va Kilimanjaroni zabt etgan dunyodagi eng keksa insonga aylandi.

Darvoqe, bu uning birinchi rekordi emas. Bir necha yillar avval ham u Kilimanjaroning tepasigacha ko‘tarilib, Tanzaniyadagi cho‘qqini zabt etgan eng keksa ayol deya e’tirofga sazovor bo‘lgandi. Biroq bir necha oydan so‘ng boshqa bir yoshi kattaroq ayol rekordni yangilagandi.

Mana, yana hammasi joyiga tushdi — 89 yoshli ayol o‘z nomini tarixga o‘z qo‘li bilan yozdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring