Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qariyalar mamlakati». Yaponiyada keksalar soni rekord darajaga yetdi

«Qariyalar mamlakati». Yaponiyada keksalar soni rekord darajaga yetdi

Foto: Habr.com

Yaponiyada 65 yoshdan oshgan qariyalar soni birinchi marta 36,4 million kishiga yetdi — bu aholi sonining 29,1 foizini tashkil etuvchi rekord ko‘rsatkichdir. Ushbu statistikani mamlakat umummilliy ishlar vazirligi e’lon qilgan.

Keksalarni qadrlash kuni sifatida dushanba dam olish kuni sifatida belgilangan.

Keksalar ulushi bo‘yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Yil davomida qariyalar soni 220 ming kishiga ko‘paygan.

Mamlakatning erkak aholisi orasida qariyalar 26 foizni tashkil qiladi. Yaponiyada keksa ayollarning ulushi doimiy ravishda mamlakat aholisining uchdan biriga yaqinlashmoqda — 32 foiz.

Nafaqaga chiqqanidan so‘ng ham o‘z ish faoliyatini davom ettirayotganlar soni ham maksimal darajaga yetgan — 9 milliondan oshgan bo‘lib, bu 17 yil davomida ushbu toifadagi yillik o‘sish fonida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Nafaqaxo‘rlar orasida 25,1 foizi o‘z ishini davom ettirmoqda, bu ham oxirgi 9 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring