Osori atiqalar kushandasi 5,1 mln dollarlik buyumlarni sindirdi
Dallas (AQSh, Texas shtati) politsiyasi San’at muzeyidagi buyumlarni sindirgan 21 yoshli Brayan Ernandesni hibsga oldi, deb xabar berdi NBC.
Ernandes muzeyga qorong‘u tunda, yashirinchi kirgan. Bezori qadimiy yunon amforasi, kosasi va tuvagini hamda hind sopol buyumini urib sindirgan. Buyumlarning umumiy qiymati — 5,1 mln dollar atrofida.
Muzey qo‘riqchilari Ernandesni tutib olib, politsiyani chaqirishgan. Unga o‘ta yirik miqdorda qasddan zarar yetkazish ayblovi qo‘yildi. Qadimiy buyumlar kushandasi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Yaqinda Luvrdagi mashhur «Mona Liza» suratiga eko-bezori tort chaplagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter