Putinning «siridan xabardor» mayor Ostonada qo‘lga olindi
Ostona sudi Rossiya qo‘riqlash federal xizmati mayori Mixail Jilinni ehtiyot chorasi sifatida 40 kunga qamoqqa oldi. U Rossiyaning ekstraditsiya to‘g‘risidagi so‘roviga asosan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Jilin davlat sirlariga aloqador shaxslardan biridir. U Putinning mintaqalar bilan telefon suhbatlarini ta’minlab beruvchi mutaxassis bo‘lgan.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng Jilin iste’foga chiqishga harakat qilgan, ammo uni ishdan bo‘shatishdan bosh tortishgan.
Mobilizatsiya e’lon qilinganidan so‘ng Jilin Qozog‘istonga qochgan. U bu yerda siyosiy boshpana so‘ragan, biroq rad javobini olgan. Jilin Ostonadan Armanistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan paytda qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter