Shavkat Mirziyoyev Ostona aeroportida kutib olindi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida kutib olindi.
Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini kutib olish uchun Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar chiqdi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi «Markaziy Osiyo – Xitoy» formatidagi navbatdagi sammitda ishtirok etadi va Xitoy Raisi bilan muzokara o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter