Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning ashaddiy tanqidchisiga yana 13 yillik jazo «ilinishi» kutilmoqda

Putinning ashaddiy tanqidchisiga yana 13 yillik jazo «ilinishi» kutilmoqda

Moskvaning Lefortovo sudi muxolifatchi, prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniyni yangi firibgarlik ishida aybdor deb topdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Sud ishi 22-mart kuni tushdan keyin boshlandi.

«Navalniy firibgarlik, ya’ni aldash yo‘li bilan o‘zgalarning mol-mulkini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan», — deya hukm o‘qigan sudya Margarita Kotova.

Sudya, shuningdek, tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, «firibgarlik yo‘li bilan jabrlanuvchilar va olingan pullar haqidagi ma’lumotlar»ni ham o‘qib chiqdi.

Navalniyga 13 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Navalniy ilk bor 2021 yil yanvarida qamalgan edi. O‘shanda Germaniyadan qaytgan muxolifatchiga shartli jazo haqiqiysiga almashtirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring