Putin va Lukashenko Qirg‘izistonga keladi
Joriy yilning 15 oktyabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida uchrashadi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvda aviatsiya texnikasini birgalikda ishlab chiqarish va Belarusdan Sankt-Peterburggacha temir yo‘l liniyasini qurish masalalarini muhokama qilinadi.
«Biz 15 oktyabr kuni Qirg‘izistonda uchrashamiz», – dedi Lukashenko Minskda bo‘lgan Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko bilan uchrashuvda.
Shuningdek, Lukashenko dushanba kuni Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, unda Belarus-Rossiya o‘rtasidagi yirik loyihalar muhokama qilingani ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter