Putin Shoyguga maxsus topshiriq berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Ukraina qarshi hujumini oktyabr oyi boshigacha to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Kremldagi manbasiga tayanib ma’lum qildi.
Rossiya armiyasi o‘z pozitsiyasini yaxshilash orqali oldingi chiziqda tashabbusni qaytarib olishi kerak. Bir qator shafqatsiz hujumlar orqali Rossiya harbiy qo‘mondonligi Ukrainaning qarshi hujumini yakuniga yetkazishga umid qilmoqda.
«Putin G‘arbning ko‘magiga qaramay, Ukrainaning qarshi hujumi hech qanday taktik yoki operativ ta’sir ko‘rsatmagan degan holatni yaratish uchun Rossiya harbiy qo‘mondonligiga dastlabki mudofaa pozitsiyalarini egallashni buyurgan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu axborot kampaniyasi qachonki Ukraina qo‘shinlarining katta hududlarni qayta egallashi va ularni ozod etishiga to‘sqinlik qila olinsa, muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin», — deyiladi ISW hisobotida.
Avvalroq Shoyguning o‘zi frontdagi qo‘shinlar faol mudofaa o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter