Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prigojinning biznes samolyoti Minskka qo‘ngani aytilmoqda

Prigojinning biznes samolyoti Minskka qo‘ngani aytilmoqda

Bugun ertalab «Vagner» xususiy armiyasi rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot Minsk yaqinidagi Belarus harbiy aerodromiga qo‘ndi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Prigojinga tegishli bo‘lgan biznes-jet samolyot (ro‘yxat raqami RA-02795) soat 07:40 da Minsk yaqinidagi harbiy aerodromga qo‘ngan.

Bundan tashqari, yana bir biznes-jet samolyot (ro‘yxatga olish raqami RA-02878) Rossiyadan ketgan. U Sankt-Peterburgdan havoga ko‘tarilib, soat 07:58 da Misnk viloyatidagi Machuliщi aerodromiga qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Yevgeniy Prigojin o‘z qo‘shinlari bilan Moskva tomon «yurish» qildi. Rostov-na-Donni egallab, Moskvaga yo‘l olarkan, Prigojin mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni yollanma askarlarga topshirishni talab qilgan edi.

FSB Prigojinga qarshi harbiy qo‘zg‘olon uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Vladimir Putin sodir bo‘layotgan voqealarni xiyonat deb atadi.

Biroq 24 iyun kuni kechga borib Putin bilan bamaslahat ish ko‘rgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Moskvaga yurish qilayotgan Prigojin ortga qaytishini bildirgan edi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevgeniy Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishini, «Vagner» o‘z dala lagerlariga borishi, Prigojinning o‘zi esa Belarusga ketishi haqida kelishuvga erishilganini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring