Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prigojin nega Moskvaga hujum qilmoqchi bo‘lganini aytdi

Prigojin nega Moskvaga hujum qilmoqchi bo‘lganini aytdi

«Vagner» qurolli tashkiloti rahbari Yevgeniy Prigojin deyarli 48 soat ichida birinchi marta o‘z Telegram kanalida uzoq (10 daqiqadan ko‘proq) ovozli xabar ko‘rinishida xabar qoldirdi.

U «vagnerchilar»ning yuqori tayyorgarlik darajasini batafsil tasvirlab bergan va Rossiya armiyasining samolyotlari va vertolyotlarini urib tushirish faktlarini tan olgan.

Prigojin o‘z harakatidan maqsad va uning yakunini quyidagicha ta’riflaydi: «Biz hujumchi otryad Moskvaga yaqinlashganda to‘xtadik, tevarak-atrofni razvedka qildik va shu payt qon to‘kilishi ehtimoli ma’lum bo‘ldi.

Shuning uchun biz shuning o‘zi yetarli deb hisobladik. Orqaga qaytish qarori ortida ikkita eng muhim omil bor edi: birinchisi - biz rus qonini to‘kishni xohlamadik, ikkinchisi - biz mamlakatda hukumatni ag‘darish uchun emas, balki o‘z noroziligimizni namoyish qilish uchun bordik».

Shu bilan birga, Prigojin qayerda ekanligi haqida hech narsa demadi.

Avvalroq Prigojin isyondan so‘ng g‘oyib bo‘lgani va aloqaga chiqmayotgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring