Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident voqeani «yuz bermasligi kerak bo‘lgan fojia» deb atadi

Prezident voqeani «yuz bermasligi kerak bo‘lgan fojia» deb atadi

Seuldagi fojia tufayli Janubiy Koreyada milliy motam e’lon qilindi. Motam 5 noyabrgacha davom etadi.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Seulning Itxevon ko‘chasidagi tiqilinch sabab yuz bergan fojia munosabati bilan milliy motam e’lon qildi, qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi hamda bunday holatning oldini olish uchun hodisa sabablarini o‘rganishga va’da berdi.

Prezident voqeani «yuz bermasligi kerak bo‘lgan fojia» deb atadi.

«Halok bo‘lganlarning haqiga duo o‘qib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman, bebaho hayotini yo‘qotganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman... Bugundan boshlab vaziyatni bartaraf etish tugallanmaguncha, men mamlakatda milliy motam e’lon qilaman... Biz hodisa sabablarini chuqur o‘rganamiz va kelajakda bunday bo‘lmasligi uchun fundamental choralar ko‘ramiz», dedi Janubiy Koreya prezidenti.

Avvalroq hodisada halok bo‘lganlar soni 151 kishiga yetganini ma’lum qilindi. Qurbonlar orasida o‘zbekistonlik ham bor.

Eslatib o‘tamiz, ushbu fojiaga Seulning Itxevon ko‘chasida Xellouin bayramini nishonlash chog‘ida yuz bergan tiqilinch sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring