Potensial xavfli asteroid Yerga yaqinlashmoqda
Potensial xavfli sinfga kiritilgan 2016 AJ193 asteroidi Yerga yaqinlashmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» Moskva planetariysiga asoslanib xabar berdi.
Asteroid 21-avgust kuni Yerga yaqin keladi, biroq xavf tug‘dirmaydi.
«Yerga yaqinlashuvchi» toifasiga kiritilgan talaygina asteroidlar bor. Juda uzoq kelajakkacha bo‘lgan davrda Yerga 7,5 mln. kilometr va undan yaqinroq keluvchi asteroidlar potensial xavfli ob’yektlar sanaladi. NASA mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 AJ193 asteroidi 21 avgust kuni Yerga 3,4 million kilometr masofagacha yaqinlashadi. Uchar asteroidning diametri 1,4 kilometr atrofida ekani taxmin qilinyapti», — deyiladi planetariy bergan ma’lumotda.
Barcha kuzatuvlar tarixida mazkur toifa asteroidlar Yer atrofida bundan ham yaqin masofada o‘tib ketgan. Xususan, 2011-yilda kattaligi 100 va 360 metrli asteroidlar sayyoramizdan 384 ming kilometr olislikda o‘tib ketgan. «Yuz yil davomida asteroidlarning bunchalik yaqin masofada o‘tishi 30 dan ortiq marotaba kuzatilgan. Asteroidlarning uchib o‘tishi haqidagi barcha oldindan qilingan bashoratlar o‘zini oqlagan», — deyiladi planetariy matbuot xizmati xabarida.
Olimlarning nazarida, eng xavfli osmon jismlari — astronomlar kuzatishga muvaffaq bo‘lmagan ob’yektlar, ularni faqatgina Yerga tushganidan keyin bilamiz. Tungus va Chelyabinsk meteoritlari shular jumlasiga kiradi.
«Koinotning «kutilmagan mehmonlari» eng katta xavf tug‘diradi. Bunaqa hodisalar yuz yilda bir marta sodir bo‘ladi», — ta’kidlanadi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter