Polshada 45 nafar rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilinmoqda
Polsha ichki xavfsizlik agentligi (ABW) 45 nafar rossiyalik diplomatni josuslikda gumon qilmoqda.
«Polsha ichki xavfsizlik agentligi 45 nafar – Polshada diplomatik maqomga ega bo‘lgan Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari va ularga aloqador shaxslarni aniqladi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida. ABW rahbari ularni mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviya, Litva, Estoniya va Bolgariya rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter