Politico: AQSh Rossiyaning Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi mumkinligini istisno etmaydi
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylarining fikricha, agar Rossiya qo‘shinlari mavqeini yo‘qotishda davom etsa, Rossiya NATO bilan yadroviy qarama-qarshilikka kirishdan avval Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi mumkin. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainada shunday hujum sodir bo‘lishi kutilayotganini ko‘rsatuvchi razvedka ma’lumotlariga ega emas. AQSh Mudofaa vazirligining ko‘plab rasmiylari qish oylarida harbiy harakatlar sekinlashadi va hech bir tomon muhim hududlarni qaytarib ololmaydi.
Ammo jang maydonidagi talofatlar davom etsa yoki Rossiya armiyasi mag‘lub bo‘lsa, bu masala bo‘yicha ba’zi yuqori martabali rasmiylar Moskva kimyoviy qurol, jumladan, muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq qurollardan foydalanishi mumkin.
«Bunday hujumda yashirish oson bo‘lgan moddalar qo‘llanilishi mumkin, bu esa aybni Moskvaga yuklashni qiyinlashtiradi», deydi rasmiylardan biri. Ba’zi kimyoviy moddalar ommaviy qurbonlar hujumida qo‘llanilishi mumkin.
AQSh Milliy xavfsizlik kengashi bu masalaga izoh berishdan bosh tortdi.
Rossiya kimyoviy qurol salohiyatini oshirishga sarmoya kiritmoqda, deya qayd etmoqda Policito.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter