Pokistonda yana portlash: 132 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda namoyish o‘tkazilayotgan paytda dahshatli portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 132 kishi halok bo‘lgan, 230 kishi yaralangan. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Portlash Belujiston viloyatining Mastung shahrida sodir bo‘lgan. Namoyishlarda qatnashayotgan mahalliy deputatlikka nomzod Navabzoda Siroj Raisoniy ham halok bo‘lgan.
Mash’um hodisani terrorchi guruh IShID o‘z zimmasiga oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter