Pokistonda juma namozi vaqtida portlash yuz berdi
Bugun, 29 sentyabr kuni Pokistonning Balujiston viloyatidagi Masturg shahridagi masjid yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Down gazetasi yozmoqda.
Gazeta bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 52 kishi qurbon bo‘lgan. Ular orasida politsiyachilar ham bor. Shuningdek, 50 dan ortiq kishi jarohat olgani qayd etilgan.
Hodisa odamlar Muhammad payg‘ambar (s.a.v)ning tavallud ayyomini nishonlash uchun masjid yaqinida to‘plangan vaqtda sodir bo‘lgan. Portlashni terrorchi amalga oshirgani taxmin qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter