Pokistonda 66 kishini to‘ydan olib qaytayotgan avtobus jarlikka quladi
Pokistonda avtobus jarlikka qulashi oqibatida kamida 12 kishi qurbon bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni 54 nafar. Bu haqda Siasat Daily nashri xabar berdi.
Baxtsiz hodisa ishtirokchilari Ravalpindidagi to‘ydan Lahorga qaytishayotgan bo‘lgan.
Avtomagistraldagi YTHga avtobusning tormozi nosozligi sabab bo‘lgan. Boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib uchta avtomashina bilan to‘qnashgan va jarlikka qulagan.
Jarohatlanganlar shifoxonada, to‘rt nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Yanvar oyi oxirida ham Pokistonda avtobus jarlikka qulagan, oqibatda 41 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter