Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistondagi teraktlarda 40 ga yaqin insonlar halok bo‘ldi

Pokistondagi teraktlarda 40 ga yaqin insonlar halok bo‘ldi

Foto: «Manager.bg»

Bugun, 23-noyabr kuni Pokistonning Xangu shahridagi bozorda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «Xabar» agentligi ma’lum qildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mototsiklda odamlar gavjum joyga kirib kelgan noma’lum shaxs o‘zini portlatib yuborgan.

Mash’um hodisa 35 kishini hayotdan olib ketdi, 40 dan ziyod inson jarohatlangan.

Radikal guruhlardan hech biri voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan emas.

Eslatib o‘tamiz, bu voqea bilan bir paytda Karachida Xitoy konsulxonasiga uch nafar noma’lum shaxs o‘t ochish qurollari va granatalar bilan hujum qilgan, ikki nafar pokistonlik politsiyasi voqea joyida halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring