Tyubingem Germaniyada plastikka soliq solinadigan ilk shahar bo‘ladi
Germaniyaning Tyubingen shahri bir martalik idishlarga soliq solinadigan ilk shahar bo‘ladi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Shahar meri, yashillar partiyasi a’zosi Boris Palmerning ma’lum qilishicha, shahar kengashi qonun loyihasi ustida ishlamoqda.
«Chiqindi ishlab chiqarishni qimmatlashtirib, biz moliyaviy to‘siqlarni bartaraf etamiz... Bir martalik qadoqlar ko‘p martalikdan ko‘ra arzon bo‘lmasligi kerak»,- deydi mer.
Rejaga ko‘ra, soliqlar yaqin oylarda joriy etiladi.
Do‘konlar, tez ovqatlanish kafe va restoranlari ishlatilgan har bir bir martalik idish uchun soliq to‘lashlari kerak bo‘ladi.
2016-2017 yillarda Tyubingenning jamoat joylarida chiqindi utilizatsiyasi 50 ming yevroga oshgan.
Shahar hokimiyati atrof-muhitga keltirilayotgan zarar va iqlim o‘zgarishi sabab bir martalik idishlardan voz kechmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter