Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov Prigojinning taqdiri nima kechishini aytdi

Peskov Prigojinning taqdiri nima kechishini aytdi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevgeniy Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishini, «Vagner» o‘z dala lagerlariga borishi, Prigojinning o‘zi esa Belarusga ketishi haqida kelishuvga erishilganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qo‘zg‘olonda qatnashgan vagnerchilarni oldingi safdagi xizmatlarini inobatga olgan holda jinoiy javobgarlikka tortmaydi.

Peskovning ta’kidlashicha, prezident Putin Belarus rahbari Lukashenkoning vositachilik qilishiga kelishib olgan.

«Aleksandr Grigorevich Prigojin bilan anchadan beri shaxsan tanish, bu uning shaxsiy taklifi edi. Bu sa’y-harakatlari uchun unan minnatdormiz», deydi Peskov.

Qo‘shimcha qilinishicha, yaqin kelajakda Putindan yangi murojaat bo‘lmaydi va isyon bilan bog‘liq vaziyat Ukrainadagi urushning borishiga ta’sir qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni kechki vaqtda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan kelishuvga erishganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Moskvaga yurish qilayotgan Prigojin ortga qaytishini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring