Peruda 5 balli zilzila sodir bo‘ldi
Peru shimoliy-sharqida 5 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Yer silkinishi bugun, 14 sentyabr kuni butunjahon koordinatsiyalashgan vaqt bilan soat 04.12 da Kontamana shahridan 64 kilometr janubiy-sharqda yuzaga kelgan.
Tabiiy ofat o‘chog‘i yerning 150,4 kilometr qa’rida joylashgan. Zilziladan halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter