Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pavel Durov Ukrainadagi vaziyat va Rossiyadan ketishga majbur bo‘lgani haqida yozdi

Pavel Durov Ukrainadagi vaziyat va Rossiyadan ketishga majbur bo‘lgani haqida yozdi

Foto: «Esquire»

Telegram asoschisi Ukrainadagi vaziyat va Rossiyadan nega ketgani haqida yozdi.

Agar postlarimni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, ona tomondan shajaram Kiyevga borib taqalishini bilasiz. Onamning qizlik familiyasi Ivanenko — ukraincha, hozir ham Ukrainada yashayotgan qarindoshlarimiz ko‘p. Shuning uchun ham fojiali nizo o‘zim va Telegram uchun shaxsan ahamiyatga ega.

«Ayrim odamlar savol tashlashibdi: men qachonlardir Rossiyada yashaganim bois Telegram ukrainaliklar uchun xatarli emasmi? Keling, yaxshisi, Rossiyadagi kareram qanday tugaganini ularga aytib bera qolay», — deb yozdi u.

To‘qqiz yil ilgari Rossiya va Ukrainadagi eng katta ijtimoiy tarmoq —«VKontakte»ning bosh direktori edim. 2013-yili FXX (Federal xavfsizlik xizmati — tahr.) mendan rossiyaparast prezidentga qarshi norozilik bildirgan ukrainalik VK foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini berishni talab qildi.

«Men rad etdim, chunki bu ukrainalik foydalanuvchilarimizga nisbatan xoinlik bo‘lardi. Shundan so‘ng o‘zim asos solgan kompaniyadan haydashdi va men Rossiyadan ketishga majbur bo‘ldim», — qo‘shimcha qildi Durov.

O‘z kompaniyam, uyimdan ajraldim, biroq hozir ham hech ikkilanmasdan shunday qilardim. O‘zim «VKontakte»da 2014-yil aprelida joylagan FXXning skanerlangan o‘sha buyrug‘i va unga kapyushonli it ko‘rinishidagi «firmenniy» javob-postimni o‘qisam hanuz g‘ururlanaman.

«FXXning talabini bajarmaslik o‘ta qaltis ish bo‘lgandi. O‘zim Rossiyada yashardim, jamoam va eski kompaniyam ham shu mamlakatda joylashgandi», — dedi Durov.

Bu voqealarga ancha bo‘ldi. Ko‘p narsa o‘zgardi: endi Rossiyada yashamayapman, u yerda kompaniyam ham, xodimlarim ham yo‘q. Ammo bir narsa o‘zgarmaydi: nima bo‘lishidan qat’i nazar, men doim foydalanuvchilarimiz tomonidaman. Ularning shaxsiy hayot huquqi muqaddas. Ayniqsa, hozir, har qachongidanda muhim».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring