Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pashinyan «KXShT Armanistonni tark etishi» haqida gapirdi

Pashinyan «KXShT Armanistonni tark etishi» haqida gapirdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan uning mamlakati KXShTdan chiqmoqchi emasligini, biroq «KXShTning o‘zi Armanistonni tark etishidan» xavfsirashini aytdi.

«KXShT Armanistonni tark etishidan xavotir bor. Mening bahoim shuki, KXShT istaysizmi yoki yo‘qmi, Armanistonni tark etmoqda va bu bizni xavotirga solmoqda», — dedi Pashinyan Yerevanda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, u KXShT Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimiga Armanistonga taklif qilingan kvotaning rad etilishiga ham izoh berdi. Unga ko‘ra, Yerevan bu kvotani xavfsizlik omili deb hisoblasa, rozi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon bilan mojaro vaqtida Armaniston KXShTdan yordam so‘ragan, ammo bu amalga oshmagandi. 

Shundan so‘ng, Nikol Pashinyan 2023-yilda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (ODKB) o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring