Ozodlik haykali oldida namoyish bo‘lib o‘tdi
Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalining oldiga namoyish uyushtirish uchun chiqib olgan ayolni politsiya xodimlari zo‘rg‘a pastga tushirishdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Manhettenda joylashgan 93 metrlik Ozodlik haykaliga tirmashib chiqmoqchi bo‘lgan ayol Amerika prezidenti Donald Trampning migratsiya siyosatiga qarshi namoyish uyushtirmoqchi bo‘lgan.
Bugun erta tongdan haykal oldida 7 kishi ta’qibga olingan. Ular ham migratsiya siyosatiga qarshi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-iyul Amerika mustaqilligi kuni sifatida keng nishonlangan edi. Bayram kuni ham haykal oldida ko‘plab namoyishlar uyushtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter