O‘zbekiston joriy yil 4-choragidan rus gazini import qilishni boshlaydi
Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.
Bu borada bugun, 16-iyun kuni Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida tegishli shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Hujjatlarni O‘zbekiston tomonidan Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” OAJ Boshqaruvi Raisi Aleksey Millerlar imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin “Gazprom” hamda “QazaqGaz” Sankt-Peterburgda o‘tayotgan iqtisodiy forumi doirasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekistonga tashish bo‘yicha shartnoma imzolagani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter